19:40 / 27.07.2022
1 262

Kegeyli tumanida qariyb 10 mlrd. so‘m soliq undirildi

Kegeyli tumanida qariyb 10 mlrd. so‘m soliq undirildi
Kegeyli tumani Davlat soliq inspeksiyasining 26.05.2022 yilgi qaroriga asosan, qarzdor “Xalqabad paxta tazalao‘” aksiyadorlik jamiyatidan Kegeyli tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 9,9 mlrd. so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Byuroning Kegeyli tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, dastlab, qarzdor jamiyatga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan.
Lekin, ushbu muddat oralig‘ida to‘lanmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib belgilangan 9,9 mlrd. so‘m soliqlar to‘liq undirildi.

Shu sababli, mazkur ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ qarorlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41 moddasi 1-bandiga asosan amaldla tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kegeyli tumanida qariyb 10 mlrd. so‘m soliq undirildi