
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yil 15 iyul kuni o‘tkazilgan majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 2022 yil 1 avgustgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilingan edi.
1 avgust soat 00:00 holatiga ko‘ra, umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish to‘xtatilgan. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitalari xalqdan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgan.
Oliy MajlisKonstitutsiyaQonunchilik PalatasiO‘zbekiston RespublikasiUmumxalq MuhokamasiTakliflarni Qabul Qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar