
Foto: Qashqadaryo viloyati FVB
Qashqadaryo viloyati FVB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 26 noyabr kuni soat 3:30 larda qutqaruv xizmatiga Kasbi tumani Nazartepa mahallasidagi kanalga Nexia-1 mashinasi tushib ketgani haqida xabar berilgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga Kasbi tumani FVB va IIB mas’ullari yetib borib, holatni o‘rganishgan. Shundan so‘ng Nexia maxsus texnika yordamida kanaldan chiqarib olingan.

Dastlabki surishtiruvda Nexia Nishon tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.
Surishtiruv davomida haydovchi mashinani mast holda haydab, boshqaruvni yo‘qotgani va kanalga tushib ketgani aniqlangan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar