20 yoshli yigit avtomobil bilan daraxtga urilib, halok bo‘ldi

20 yoshli yigit avtomobil bilan daraxtga urilib, halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi 20 yoshli haydovchining o‘limi bilan yakunlandi.

Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 26 oktyabr kuni soat 23:30 larda «Katta novqat» mahallasi hududidan o‘tgan mahalliy yo‘lda yuz bergan.

2006 yilda tug‘ilgan yigit VAZ-2105 rusumli avtomobilni boshqarayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan haydovchining hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar