Qashqadaryoda ona va qiz o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Qashqadaryoda ona va qiz o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida ona va voyaga yetmagan qizi o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlangan. Hodisa bo‘yicha sud hujjatlari o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2026 yil 29 aprel kuni Kasbi tumanidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Ayol voyaga yetmagan qizining telefonda begona yigitlar bilan gaplashganini ko‘rib, uning telefonini olib qo‘ygan.

Qizi telefonini qaytarishni talab qilganidan so‘ng, ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Shundan so‘ng qiz oshxona pichog‘ini olib, onasini qo‘rqitish maqsadida o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilgan.

Ona qizining qo‘lidagi pichoqni olib qo‘yishga uringan vaqtda kutilmaganda uning hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazilgan.

Sudda ayol o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan. Qizi esa onasiga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Sud ayolni Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan aybdor deb topib, unga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar