15:04 / 14.12.2022
1 004

Qarzdor avtotransport vositasi xatlangach, qarzini to‘ladi

Qarzdor avtotransport vositasi xatlangach, qarzini to‘ladi
Byuroning Bog‘ot tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining undiruvchi ATB “Agrobank” Hazorasp filiali foydasiga javobgar R.B., sherik javobgar I.Ya.lardan 19.803.562 so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur hujjat bo‘limga kelib tushgan kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilib, nusxasi taraflarga yuborilgan.

Davlat ijrochisi qarzdorni bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, qarzdor shunda ham qarzini to‘lashni paysalga solib kelgan.

Shu sababli, qarzdorga tegishli “Nexia” rusumli transport vositasi xatlanib, keyinchalik realizatsiya qilish uchun elektron auksionga chiqarish maqsadida vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Mol-mulkidan ajrab qolishni o‘ylagan qarzdor zudlik bilan qarzini to‘lashga kirishgan.

Shunday qilib, davlat ijrochisining sa’y-harakatlari natijasida qarzdordan 19.803.562 so‘m kredit qarzi to‘liq undirilib, ijro ishi amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor avtotransport vositasi xatlangach, qarzini to‘ladi