Qizlarga o‘ldirish bilan tahdid qilgan imom-xatib 3 sutkaga qamaldi

1 daqiqa o'qish574
Qizlarga o‘ldirish bilan tahdid qilgan imom-xatib 3 sutkaga qamaldi
Toshkent tumani “Eshonxo‘ja ota” masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi deb xabar bermoqda Daryo nashri.

Ijtimoiy tarmoqlarda imom-xatib Bahromovning voyaga yetmagan qizlarga tahdid qilgani va uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlagani aks etgan audioyozuvlar tarqalgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ichki nazorat komissiyasi holatni o‘rgandi va uni lavozimidan ozod etishga qaror qildi. Shuningdek, imom-xatib Avazxo‘ja Bahromov 3 sutkaga ma’muriy jazo sifatida qamalgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi yig‘ilishida 28 yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxo‘ja ota” masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov masalasi ko‘rib chiqilgandi. Unda imom-xatibning ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan arab tili kursidagi xatti-harakatlari muhokama qilingan.

Yig‘ilishda imom-xatibning mazkur holati imomlik maqomiga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligiga alohida urg‘u qaratilgan. Ichki me’yoriy hujjatlarda belgilangan “fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilish” va “o‘zining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini ko‘rish” degan bandlarning imom tomonidan qo‘pol ravishda buzilishi deb baholangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?