22:13 / 12.04.2023
179

Yangilanayotgan Konstitutsiyada advokatlar ham sudya va prokurorlar bilan teng maqomda bo‘ladi

Yangilanayotgan Konstitutsiyada advokatlar ham sudya va prokurorlar bilan teng maqomda bo‘ladi
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada advokatura haqida alohida bob kiritilib, advokatlik maqomi alohida mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur bob 141 va 142-moddalarni o‘z ichiga oladi.
 
141-moddada jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatishi, advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanishi, advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanishi ta’kidlangan.
 
142-modda esa quyidagicha ifodalanadi: “Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi. Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi”.
 
Amaldagi Konstitutsiyada advokatlar maqomi alohida norma sifatida kiritilmagan hamda himoya qilinmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat