Bog‘cha tarbiyachilarining maoshlari maktab o‘qituvchilariniki bilan tenglashtiriladi

2 daqiqa o'qish323
Bog‘cha tarbiyachilarining maoshlari maktab o‘qituvchilariniki bilan tenglashtiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilishicha, boshlang‘ich sinflarda xorijiy tajriba asosida yangi o‘quv dasturi joriy qilinadi. Yuqori sinflarda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, dasturlarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi ta’minlanadi. Bunda 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi. Yangi o‘quv yilidan informatika fani 1-sinfdan o‘rgatiladi.

Hozirda mavzularning 70 foizi kundalik hayot bilan bog‘lanmagan. Endi fanlarning amaliy mashg‘ulotlar ulushi 40 foizdan 60 foizgacha oshiriladi. Bunda mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.

Maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida o‘qituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak bo‘ladi.

O‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo‘yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi. Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama to‘lanishi mumkin.

Bog‘cha tarbiyachilarining maoshlari maktab o‘qituvchilariniki bilan tenglashtiriladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, bog‘chalarga malakali tarbiyachilarni jalb qilish uchun 2024 yil 1 iyundan ularning ish haqi stavkalari maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

Umumta’lim maktablariga budjetdan tashqari mablag‘lardan erkin foydalanish huquqi berilgani ularning moddiy ahvolini yaxshilash hamda o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash imkonini bermoqda. Endi bu tartibni bog‘cha va ixtisoslashgan maktablar uchun ham qo‘llash mo‘ljallanmoqda.

Malakali rahbarlar muhitini shakllantirish maqsadida hududlarda eng tajribali direktorlardan iborat “Direktorlar kengashi” tashkil etiladi. Maktab direktorlari lavozimga mazkur kengash tavsiyasi bilan ochiq tanlov asosida tayinlanadi.

Shuningdek, vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatiladi. Xususiy maktablarni tashkil qilishda qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi. Bu borada avvalroq vazirlikdan mustaqil, katta vakolatlarga ega Ta’lim markazi tashkil etilgan edi.

Yig‘ilishda bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xususiy sektorni jalb qilgan holda zamonaviy to‘garaklar ochish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, tizim faoliyatini transformatsiya qilish, o‘qituvchilarning malakasi va rag‘batini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?