date
views 306

Andijonda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi 1,6 mlrd so‘m umra pullarini onlayn qimorga tikib yubordi

Andijonda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi 1,6 mlrd so‘m umra pullarini onlayn qimorga tikib yubordi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida fuqarolarning umra ziyorati uchun deb to‘lagan 1 milliard 650 million so‘m pullarini onlayn qimor o‘yiniga tikib yuborgan mas’ulga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Markaziy studiya” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Achinarlisi, hokimiyat mansabdori muqaddas ziyorat uchun deb to‘plangan xalq pulini onlayn qimorga sarflab yuborgan. “Hokimiyatda aldanishni xayolimizga ham keltirmagan edik. Boshqalar turfirmalar orqali yoki Qirg‘iziston orqali bemalol ziyoratga borib kelyapti. Ularga ishonmay, hokimiyatdan “otilib” qoldik”, deydi jabrlanuvchilar.
 
Markaziy TV tayyorlagan lavhadan ma’lum bo‘lishicha, uzoq tergovdan so‘ng ham firibgarning va’dalariga ishongan jabrlanuvchilar o‘z arizasini qaytarib olgan. Natijada ularning zararlarini qoplab berish masalasi ochiq qolmoqda.
 
Diniy qo‘mita vakili esa 2 yil mansabdorlik yuklatilgan vazifalarda ishlash vakolatidan mahrum bo‘lgan hamda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
 
Xo‘jaobod tumani hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, A.F.dan jabrlangan bir nechta fuqarolarga pullari qaytarib berilgan. Qolgan jabrlanuvchilar masalasida esa hokimiyatga sud hukmi taqdim etilgach, shunga ko‘ra ish ko‘riladi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haj ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish “biznesi”ni monopollashtirgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita turfirmalarning “firibgarligi”dan tinimsiz ogohlantirish berayotgan edi. Lekin mas’ullarning o‘zi hamon O‘zbekistondagi ziyorat paketi narxlarini ham oshkor qilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi 1,6 mlrd so‘m umra pullarini onlayn qimorga tikib yubordi