12:50 / 30.05.2023
365

O‘zbekiston musulmonlari idorasi juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga munosabat bildirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga munosabat bildirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda “juma tabrigi”, “Qurʼoni karim oyatlari”, “Payg‘ambar alayhissalom hadislari”, yurtimiz ulamolari va imom-domlalarining ma’vizalarini tarqatish go‘yoki mumkin emas ekani aytilayotgan asossiz xabarlarga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda rasmiy diniy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ham vahima uyg‘otuvchi yolg‘on xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda aholi orasida sarosimaga soluvchi bunday noto‘g‘ri xabarlar tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik keltirib chiqaradi”, — deyiladi munosabatda.

2021 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, eʼtiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga ko‘ra, fuqarolar dinga eʼtiqod qilish, diniy rasm-rusum va marosimlarni o‘tkazish hamda o‘z dinining taʼlimotlarini o‘rganish haq-huquqiga egadir.

Shunga binoan mo‘min-musulmonlar uchun zarur bo‘lgan diniy masalalar rasmiy elektron manbalar orqali keng yoritib borilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi maʼlumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday taʼqib yo‘q.

Rasmiy va yetakchi elektron manbalar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Taʼkidlash joizki, Islom maʼrifatini tarqatish, xalqimizga dinu-diyonatni yetkazish va yoshlarni ilmu-maʼrifatli qilish ziyolilar, xususan, din peshvolarining eng muhim vazifasidir. Shu maqsadda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tizimidagi imom-domlalar tomonidan internet olamida maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishlarda muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ‘muslim.uz’ saytida ‘Qurʼoni karim va tajvid’, ‘Ilm va odobga oid hadislar sharhi’, turli vaʼz-nasihatlar. Fatvo markazining ‘fatvo.uz’ kanalida diniy savol-javoblar va Muftiy hazratlarining @Muftiy_Nuriddin_domla kanallarida esa ruhiy tarbiyaga oid suhbatlar muntazam joylashtirib borilmoqda.

Xulosa shuki, mo‘min-musulmonlarimiz mana shunday rasmiy, ishonchli ijtimoiy tarmoqlardagi diniy-maʼrifiy mazmundagi barcha maʼlumotlarni mutolaa qilishlari hamda yaqinlariga ulashishlari mumkin”, — deya qayd etiladi munosabatda.

Shu bilan birga, diniy idora buzg‘unchi oqimlar g‘oyalarini o‘ziga jalb etuvchi musiqiy ohang, fotosurat yoki ramzlar orqali zimdan tarqatishga urinayotganini eslatib o‘tgan. Shuning uchun ham ekstremistik g‘oyalarni har qanday shaklda xoh juma tabrigi bo‘lsin, xoh boshqacha atribut yoki surat shaklida bo‘lsin, ularni tarqatish, saqlash va foydalanish qonunan taʼqiqlanadi. Avvalroq tarqatish taqiqlangan ekstremistik sayt va tarmoqlar ro‘yxati eʼlon qilingan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston musulmonlari idorasi juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga munosabat bildirdi
ePN