08:22 / 24.06.2023
113

O‘zbekiston BAAning sun’iy yomg‘ir hosil qilish tajribasini o‘rganadi

O‘zbekiston BAAning sun’iy yomg‘ir hosil qilish tajribasini o‘rganadi
Foto: TIV matbuot xizmati
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti, BAA Milliy meteorologiya markazi bosh direktori Abdulloh Al Mandus bilan uchrashdi.
 
«BAAda ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalar va yangi metodologiyalar, jumladan, yomg‘ir hosil qilish usuli bilan tanishdik va ularning tajribasini O‘zbekistonda, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasida joriy etish istiqbollarini muhokama qildik», — deb yozadi u Telegram'dagi kanalida.
 
Baxtiyor Saidov BAA iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vaziri Mariyam Almheyri bilan ham uchrashdi. «Suv tanqisligi, suvni chuchuklashtirish, bioxilma-xillikni himoya qilish, yangi daraxtzorlar barpo etish sohalarida Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vazirligi bilan sa’y-harakatlarimizni birlashtirish hamda BAAning mazkur yo‘nalishlardagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etishga alohida e’tibor qaratdik», — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.
 
Bulutlar samolyotlardan chiqarilgan kaliy xlorid va natriy xlorid kabi tabiiy tuzlar bilan hosil qilinadi, ular suv zarralarini o‘ziga tortadi, bir-biri bilan birlashadi va og‘irlashadi, so‘ngra yog‘ingarchilik paydo bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston BAAning sun’iy yomg‘ir hosil qilish tajribasini o‘rganadi
ePN