10:16 / 04.07.2023
494

Markaziy Osiyo davlatlarida necha yoshdan pensiyaga chiqish mumkin?

Markaziy Osiyo davlatlarida necha yoshdan pensiyaga chiqish mumkin?

Hozirda Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari 55–63 yosh oralig‘ida pensiyaga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida erkaklar 60-63 yoshdan, ayollar 55-58 yoshdan pensiyaga chiqa oladi.

Xususan, 2023 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun pensiya yoshi — erkaklarga 60 yosh, ayollar 55 yosh etib belgilangan.

Qozog‘istonda erkaklar 63 yoshdan, ayollar 61 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin. Qirg‘izistonda ham erkaklar uchun pensiya yoshi 63 yosh, ayollarga esa 58 yosh etib belgilangan.

Tojikistonda erkaklar 63 yoshdan, ayollar 58 yoshdan pensiyaga chiqsa, Turkmanistonda erkaklar 62 yoshdan, ayollar 57 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, hozir O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 3 million 839 ming 508 nafarni, nafaqa oluvchilar 608 ming 89 nafarni tashkil qiladi. Shundan yoshga doir pensiya oluvchilar 3 million 182 ming 617 nafar, nogironlik pensiyasini oluvchilar 426 ming 532 nafar, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar 230 ming 359 nafardir.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo davlatlarida necha yoshdan pensiyaga chiqish mumkin?
ePN