10:28 / 23.07.2023
359

Alisher Qodirov: «Davlat qancha harakat qilmasin, mag‘lublar kambag‘al bo‘lib qolaveradi»

Alisher Qodirov: «Davlat qancha harakat qilmasin, mag‘lublar kambag‘al bo‘lib qolaveradi»

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekistonda kambag‘allik statistikasining tan olinishi hamda kambag‘allik tushunchasi haqida post yozib qoldirdi.

«O‘zbekistonda kambag‘allik yo‘q deb uzoq yillar o‘zimizni aldab keldik. 7 yil avval, xalqaro mezonlarga ko‘ra O‘zbekistonda 34 foiz aholi kambag‘al edi, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 14 foizgacha qisqaribdi.

Xalqaro mezonlar o‘z yo‘liga, kambag‘allik - mag‘lubiyatga rozilik, deb o‘ylayman», – deb yozadi u.

Shuningdek, partiya rahbari kambag‘allik insonning o‘z aybi bilan sodir bo‘lishini ta’kidlagan.

«Kim kambag‘al bo‘ladi? Birinchi navbatda harakati yo‘q, ilmi yo‘q, hunari yo‘q odam kambag‘al bo‘ladi! Kimdir hayoti davomida imkoniyat izlasa, kimdir aybdor izlaydi.

Menimcha, davlat qancha harakat qilmasin, mag‘lublar kambag‘al bo‘lib qolaveradi!» – deydi Qodirov.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda ishsizlik 2021 yildagi 9,6 foizdan 8,8 foizgacha kamaydi. Yoshlar va ayollar, shuningdek, rivojlanishi past bo‘lib qolayotgan hududlarda ishsizlik darajasi hamon yuqoriligicha qolgan. Kambag‘allik darajasi esa, milliy kambag‘allik chegarasi bilan o‘lchanganda, o‘tgan yili 14 foizgacha kamaygan (2021 yildagi 17 foiz).

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra esa O‘zbekistonda o‘tgan 2022 yilda ishsizlik darajasi 9,6 foizdan 8,9 foizga kamaygan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Qodirov: «Davlat qancha harakat qilmasin, mag‘lublar kambag‘al bo‘lib qolaveradi»
ePN