23:29 / 24.07.2023
430

Uyni akasi bilan bo‘lisha olmagan uka ijro manzilidan ketib qoldi

Uyni akasi bilan bo‘lisha olmagan uka ijro manzilidan ketib qoldi

Bugun gohi-gohida qulog‘imizga aka-ukalar o‘rtasida ota-onadan qolgan meros uy-joylarni talashib, ish sudgacha borayotgani chalinib turibdi. Jamiyatda yaqin qarindoshlar o‘rtasida turli xil tushunmovchiliklar ham bo‘lib turgani afsuski uchramoqda.

Uychi tumanida yashovchi aka-uka Mirza’am va Mirg‘olib Dehqonovlar (ismi sharifi o‘zgartirilgan) bugun afsuski begonaday. Boisi, rahmatli ota-onasidan qolgan uy-joyni bo‘lisha olmay yurganlardan. O‘rtada qarindosh-u, qo‘ni-qo‘shnilar aka-ukani o‘zaro murosaga keltirishmoqchi bo‘lishdi, ammo bo‘lmadi.

Oxir oqibat aka uyga kiritish bo‘yicha sudga murojaat qildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining ajrimi bilan akasi Mira’zam va uning oilasini otasidan meros qolgan uyga barcha asosiy va yordamchi binolardan foydalanish huquqi bilan majburiy tartibda kiritib qo‘yish belgilangan.

 Mazkur ijro ishi Byuroning Uychi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Qarzdor ukaga ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, bir necha bor ogohlantirishga qaramay ijro ta’minlamadi. Joriy yilning 18 iyul kuni majburiy ijro harakatlari belgilanadi. Ammo, barcha tegishli tashkilot vakillari bo‘lsada, qarzdor uyni qulflab, ketib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Bu bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi va ijro harakatlari boshqa kunga qoldirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uyni akasi bilan bo‘lisha olmagan uka ijro manzilidan ketib qoldi
ePN