date
views 278

O‘zbekistonda 4 ballgacha yetmaganlarga ham “super kontrakt”da chegirma bormi?

O‘zbekistonda 4 ballgacha yetmaganlarga ham “super kontrakt”da chegirma bormi?

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev talabalar uchun “super kontrakt”dagi chegirma to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda (bu chegirmaning oddiy kontraktlarga aloqasi yo‘q). Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.

“Super kontrakt”ning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo‘ladi:

  • o‘tish balliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
  • 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
  • 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
  • 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

Mana shu toifadagilar garchi 100 foiz to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli avval 50 foizini to‘lab, qolganini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lasa bo‘ladi.

4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi”, — deydi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 4 ballgacha yetmaganlarga ham “super kontrakt”da chegirma bormi?