“O‘zgidromet” 16-18 oktyabr kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 16 oktyabrda 12-17 daraja, 17-18 oktyabrda 15-20 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 16 oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja; 17 oktyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja, 18 oktyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 16 oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja; 17 oktyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja, 18 oktyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 16 oktyabrda 19-24 daraja; 17-18 oktyabrda 21-26 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16 oktyabrda 3-8 daraja iliq, 17-18 oktyabrda 5-10 daraja iliq, kunduzi 16 oktyabrda 15-20 daraja, 17-18 oktyabrda 20-25 darajagacha ko‘tariladi.
Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-17 oktyabrda 0-5 daraja iliq, 18 oktyabrda 2-7 daraja iliq; kunduzi 16 oktyabrda 8-13 daraja iliq, 17-18 oktyabrda 13-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!