date

Jizzaxda 12 yoshli bola ikki singlisi bilan mashina boshqargani aniqlandi (video)

Jizzaxda 12 yoshli bola ikki singlisi bilan mashina boshqargani aniqlandi (video)

Kadr: Telegram

Jizzax viloyatida 12 yoshli bola ikki singlisi bilan mashina boshqargani aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yosh bola mashina haydab ketayotgan vaqtda inspektorlar tomonidan to‘xtatilgan. Shundan so‘ng bola 12 yoshli 5-sinf o‘quvchisi ekani, yonida ikki singlisi ham borligi aniqlangan. Bolaning onasi sog‘lig‘i to‘g‘ri kelmagani uchun o‘g‘liga mashina haydashga ruxsat berganini aytgan.

Kechiring, qo‘rqib qoldim, boshqa mashina haydamayman”, — deya uzr so‘ragan bola.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 12 yoshli bola ikki singlisi bilan mashina boshqargani aniqlandi (video)