Xonanda Sardor Mamadaliyev, «Qarg‘ish» va 66 million so‘m jarima

1 daqiqa o'qish702
Xonanda Sardor Mamadaliyev, «Qarg‘ish» va 66 million so‘m jarima

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik sudi 15 sentyabr kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogar Asadulla Jo‘rayev javobgar Sardor Mamadaliyevni sudga bergan. Bu haqda «Bahodir Ahmedov» kanali xabar qildi.

Da’voga ko‘ra, «Qarg‘ish» she’ri asosida xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan kuylab kelingan «Ota-onamning duosi» nomli qo‘shiq matni muallifi Asadulla Jo‘rayev hisoblanadi. «Qarg‘ish» da’vogar tomonidan 1990 yilda yozilgan. Da’vogar isbot sifatida u 1990 yilgi «Sharq yulduzi» jurnalining 9-sonida ilk bor bosib chiqilganini bildirgan.

Shoir bir necha bor qo‘shiqchiga bu haqda murojaat qilgan. Ammo xonanda qalam haqi bermagan, buning ustiga muallifni ovora qilgan. Oqibatda shoir uni sudga berib, mualliflik huquqlarini buzganligi uchun suddan BHMning 400 baravari miqdorida tovon puli, 50 mln so‘m ma’naviy zarar undirishni so‘ragan.

Sud majlisiga bir necha bor chaqirilganiga qaramay, Sardor Mamadaliyev biror marta kelmagan. Sudda qatnashgan Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti mutaxassisi ushbu holat o‘rganilgani va she’r shoirga tegishli ekanligini bildirgan.

Taraflarning ko‘rsatmalari, dalillarni o‘rgangan sud Sardor Mamadaliyevdan Asadulla Jo‘rayev foydasiga BHMning 200 baravari (66 mln so‘m) tovon puli, 15 mln so‘m ma’naviy zarar va 3,3 mln so‘m davlat boji undirishga qaror chiqargan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?