O‘zbekistonda 10 oyda qancha oila ajrashgani ma’lum bo‘ldi

Mahallalarda bevosita xotin-qizlar faollari tomonidan belgilangan 7 ta yo‘nalishda yanvar-noyabr oylari davomida jami 533 041 ta muammo aniqlanib, shundan 513 824 ta muammo bartaraf etildi. Jumladan:
- nizoli 43 803 ta oilalar aniqlandi va 36 272 tasi murosaga keltirildi;
- ishlash istagi bo‘lgan 143 487 nafar xotin-qizlarning 135 342 nafarining bandligi ta’minlanishiga ko‘maklashildi;
- kasb-hunarga o‘qish va o‘rganish istagi bo‘lgan 41 508 nafar xotin-qizlarning 41 165 nafari kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi;
- ijtimoiy xizmat va ijtimoiy yordamga muhtoj 251 460 ta oila aniqlangan bo‘lib, shundan 249 637 ta oilaga yordam ko‘rsatildi;
- profilaktik hisobda turgan 3 412 nafar xotin-qizlarning 2 939 nafarini muammosi hal etildi, 447 nafari profilaktik hisobdan chiqarildi;
- migratsiyadagi 9 187 nafar xotin-qizlarga tegishli yordam ko‘rsatildi; 3 182 nafar xotin-qizlar migratsiyadan qaytarildi;
- xonadon gigiyenasi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 39 793 ta muammolar aniqlangan bo‘lib, shundan 39 116 ta muammo bartaraf etildi.
































Izohlar 0
…