11:15 / 16.04.2024
206

"Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi

"Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli va Qonliko‘l tumani bo‘limlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan P.Q. va B.K. fuqarolar S.D. va D.B.dan jami 6 800 AQSH dollarini 85,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, IIB va DXX xodimlari hamkorligida Qiziriq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.B. fuqaro N.A.ga jami 3 700 AQSH dollarini 47,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.A. jami 3 200 AQSH dollarini fuqaro Sh.A.dan 40,4 mln so‘mga sotib olishga kelishib, 20,4 mln so‘mni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi