Tadbirkorlik subyektlariga biznesni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilmoqda.
Lekin, kreditni qaytarish majburiyatini o‘z vaqtida bajarmayotgan jamiyatlarning kredit qarzdorligini undirish majburiy ijro etish choralarini qo‘llagan holda amalga oshirilmoqda.
Masalan, Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi ish yurituvidagi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining qaroriga asosan “Gulleneber Xalqabad” MCHJdan AT «Xalq bank» foydasiga 1 mlrd. 525 mln. so‘m undirish belgilangan.
Qarzdorga ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash haqida ogohlantirishlar berilgan va 1,5 mlrd so‘mlik qarz uchun unga tegishli bo‘lgan Kegeyli tumani, Xalqabad guzari ko‘chasida joylashgan qiymati 1,6 mlrd. so‘mlik bino Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olingan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, xatlangan ko‘chmas mulk elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.
O‘tkazilgan auksion savdolarida sotuvga chiqarilgan binoga xaridor topilmaganligi sababli ushbu mulk qarzdorlik evaziga AT «Xalq bank» balansiga joriy yilning 18-aprel o‘tkazib berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi