18:06 / 24.04.2024
137

Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi?

Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi?
Foto: O‘zA
Ijtimoiy tarmoqlarda Orolbo‘yidan dinozavr izlari va dinozavr bolasining suyaklari topilgani haqida xabar tarqaldi.

Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga qarashli Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot institutining geologiya laboratoriyasi mudiri Izzet Aimbetov mazkur xabarlarga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ustyurtda dinozavr izi topilgan.

O‘tgan yilning sentyabr oyida qoraqalpog‘istonlik olimlar bilan hamkorlik qilish istagida Slovakiyadan bir nechta paleontolog olimlar kelishdi. Ular Orolbo‘yidagi ko‘plab hududlarda tadqiqot olib borib, noyob topilmalarni topishdi. Ular orasida suvda yashaydigan dinozavrning kichikroq turining suyagi ham bor. Olimlar yurtlariga qaytib ketishdi va joriy yilning aprel oyi boshida yana Qoraqalpog‘istonga kelib, tadqiqot ishlarini davom ettirib, Ustyurtda dinozavr izini topishdi”, — deydi mudir.

Qayd etishicha, dinozavrning izlari yerga botib, vaqt o‘tgani sayin geologik jarayon natijasida toshga aylanib qoladi. Hozir olimlar ana o‘sha tosh izlarni chuqur o‘rganmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi?