11:48 / 22.06.2024
76

Samarqandda 1 kilo opiyni 150 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda 1 kilo opiyni 150 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Kadr: Telegram
Samarqand viloyati Urgut tumanida opiy giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17 iyun kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda 47 yoshli fuqaro 1 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini xaridorga 150 million so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Surishtiruv ishlari davomida mazkur shaxsning vaqtincha yashash manzili yotoqxonasidan gashish va opiy saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

To‘plangan hujjatlar tergov boshqarmasiga topshirilgan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 1 kilo opiyni 150 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi