Qovun juda ko‘p shakarni o‘z ichiga oladi va bu sog‘liq uchun ma’lum xavf tug‘diradi, dedi rossiyalik diyetolog Yelena Solomatina.
Qovun mevalarida juda ko‘p tolalar, kremniy va S vitamini, shuningdek, foliy kislotasi mavjud.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qovun tarkibidagi shakar organizmga zarur energiya beradi, ammo uni iste’mol qilishda me’yorga rioya qilish zarur.
«Qandli diabet va ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi odamlar, xuddi tarvuz kabi, shirin qovunlarni ko‘p iste’mol qilishi shart emas», deydi Solomatina.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, qovunni mavsum boshida sotib olmaslik kerak, iloji boricha yetarlicha pishishi kerak.
«Agar siz qovunni mashina yukxonasidan yoki yo‘l chetidagi rastadan sotib olsangiz, hech kim uning talab darajasida ekaniga kafolat bera olmaydi. Qolaversa, qovunni so‘yilgan holatda sotib olmaslik kerak», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”