Andijon viloyat IIB YHX boshqarmasi boshlig‘i Abdunabi Nosirovning matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, Andijon shahridagi maktablar oldida qizil chiroqda o‘tgan va piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar o‘sha maktablarda o‘tkazilgan yig‘ilishlar vaqtida o‘quvchi va o‘qituvchilar oldida izza qilingan.
"Hozir bor kuchimiz bilan ishlayapmiz. YTH sodir bo‘lsa, maktablarga borib muhokama qilamiz. Mana shaharda Chorguzardagi 10-maktab direktori 2-3 marta internetga chiqdi. O‘zim bordim: maktab oldidagi yo‘lga yotiq to‘siqlar qilib berdik, xodimlar bo‘yicha ishladik.
Bitta tajriba qildik: maktab oldidagi svetofor oldiga xodim qo‘ydim. Qizil chiroqdan o‘tgan haydovchini ertalab maktab o‘quvchilarining umumiy yig‘ilishiga olib boridim-da, hamma bolalarni chaqirib, “Mana, kecha qizil chiroqda o‘tgan iflos haydovchi, mana shuni qarg‘anglar”, deb o‘qituvchilar bilan ijtimoiy tarmoqlarga ham chiqardim. Qizilda o‘tganning 2-3 tasini olib, ertalab maktab o‘quvchilarining umumiy yig‘ilishiga olib boraman. O‘zim erinmasdan boraman. Shunday qilib olib chiqdik — kamaydi", dedi Abdunabi Nosirov.
Uning ta’kidlashicha, yo‘nalishdagi Damas haydovchilari pulning orqasidan quvib, qarama-qarshi yo‘nalishdan yurib, bir-ikkita bolani urib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?