Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) O‘zbekiston maktablarida ish beruvchilarni faol jalb qilgan holda karyeraga (kasbga) yo‘naltirish chora-tadbirlarini joriy qiladi. Bu haqda 18 sentyabr kuni GIZ'ning TexVET Karyera loyihasi doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan manfaatdor tomonlar uchrashuvida xabar qilindi.
Ta’lim vazirliklari, xalqaro tashkilotlar, Savdo-sanoat palatasi va turli sohaga yo‘nalgan uyushmalar, iqtisodiyotning har xil tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan davlat va xususiy kompaniyalar vakillari ishtirok etgan tadbirda o‘quvchilarni erta yoshdan karyeraga yo‘naltirish, bu borada ularga maslahat va ko‘mak berish tizimini rivojlantirish urg‘ulandi.
“2023 yil dekabridan boshlangan TexVET Karyera loyihamiz doirasida Nukus, Qarshi, Samarqand, Marg‘ilon va Toshkentdagi umumta’lim va kasb-hunar maktablari hamda kollejlar, shuningdek, ularning mijozi bo‘lmish ish beruvchilar, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda karyeraga yo‘naltirish bo‘yicha 13 ta chora-tadbir ishlab chiqdik. Ham germaniyalik, ham mahalliy mutaxassislar birgalikda ishlab chiqqan ushbu choralar yoshlarni kasblarga qiziqtirish hamda ularning karyera qilishida maslahat berishga izchil yondashuvni shakllantiradi”, deb tushuntiradi GIZ buyurtmasiga ko‘ra loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan Integration kompaniyasi vakili Tea Siprashvili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilarni korxonalarga tizimli ekskursiyaga olib borish, soha vakillarini turli kasblar va karyera trayektoriyalari haqida ma’lumot berish uchun ta’lim muassasalariga taklif qilishdan tortib onlayn kurslaru virtual reallik texnologiyalari ishlatiladigan karyera markazlarigacha bo‘lgan keng qamrovli chora-tadbirlar yoshlar uchun foydali bo‘ladi. Ularning aksariyatini amalga oshirish uchun esa ish beruvchilar, jumladan, xususiy sektor o‘yinchilarining faolligi va hamkorlikka tayyorligi muhimdir.
Shu sababdan uchrashuvga kasb-hunar maktablari va kollej bitiruvchilaridan bo‘lajak ishchilar izlayotgan kompaniyalar taklif qilindi. Ta’lim muassasalari hamda Safia qandolat fabrikasi, BYD Megawatt, O‘zbekiston ichimliklar uyushmasi, Denta Fill farmatsevtika kompaniyasi o‘rtasida karyeraga yo‘naltirish bo‘yicha hamkorlikni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumlari imzolandi.
Xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokidagi panel munozaralari va taqdimotlarda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida karyera tadbirlari yoshlarning ishga joylashish imkoniyatlarini oshirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilarining fikricha, TexVET loyihasi karyeraga yo‘naltirish bo‘yicha innovatsion yondashuvni tatbiq etib, O‘zbekiston yoshlari uchun keng karyera imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda.
Loyiha jamoasi kelayotgan oylarda karyeraga yo‘naltirish va kasb-hunar ta’limining obro‘sini oshirish bo‘yicha umummilliy axborot kompaniyasi ham amalga oshirilishi haqida axborot berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi