19:19 / 27.09.2024
100

Rossiyalik amaldor O‘zbekistonga Ukraina taqdiri haqida eslatdi

Rossiyalik amaldor O‘zbekistonga Ukraina taqdiri haqida eslatdi
Foto: kollaj “Daryo”
Rossiyalik senator Andrey Klimov Rossiya rasmiysiga muammolarga to‘la o‘z ichki ishlari bilan shug‘ullanishni maslahat bergan Alisher Qodirovning bayonotiga javob qaytardi.

Millatlararo munosabatlar — juda nozik voqea”, dedi Rossiya Federatsiya kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Andrey Klimov. Senator “Lenta.ru” bilan suhbatda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning bayonotiga javoban.

Men har qanday voqea haqida darhol bunday ohangda gapira boshlashga qarshiman. Bu o‘qituvchining qilgan ishi kamida huquqbuzarlikdir, balki undan ham ko‘proq. Vitse-spikerning aytganlari taajjub uyg‘otadi”, dedi Klimov.

Senator butun Markaziy Osiyoni Rossiya bilan va o‘zaro urushtirib qo‘ymoqchi bo‘lganlar juda ko‘p ekanini qayd etib o‘tdi.

Uzoq vaqt o‘zini shunday tutgan bir mamlakat bor edi. Endi u juda qiyin vaziyatga tushib qoldi”, deya senator Ukrainaga sha’ma qildi.

Bundan keyin o‘qituvchi deyish qiyin bo‘lgan bu o‘qituvchi qandaydir geosiyosiy voqealar haqida o‘ylagan, deb o‘ylamayman. Katta ehtimol bilan qandaydir maishiy omillar ta’sir qildi. Shunday ekan, keling, bu masalani rasmiy kanallar orqali qanday hal qilish mumkinligini ko‘rib chiqaylik”, deya qo‘shimcha qildi u.

O‘zi nima gap?

Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisini urdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Facebookdagi “Potrebitel.uz” guruhida yozilishicha, o‘qituvchi rus sinfiga darsni o‘zbek tilida o‘tgan. O‘quvchi darsni rus tilida o‘tishni so‘ragan. Shundan so‘ng videoda aks etgan holat yuz bergan.

Mariya Zaxarova Rossiya O‘zbekistondan yuz bergan hodisaga huquqiy baho berishni va bolaga nisbatan shafqatsizlik qilgan aybdorga qarshi choralar ko‘rishni so‘raganini aytdi. “Bu masalani diqqat-e’tiborimiz markazida tutamiz”, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bolani urgan ayol sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, videodagi voqea uning dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan. Voqeadan xabar topgan o‘quvchining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu ayol boshqa bir qancha huquqbuzarliklar sodir etgani aniqlandi. Qizi o‘qiydigan boshqa maktabda maktab direktori o‘rinbosari bo‘lgan ayolga jismoniy kuch ishlatgan, Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan g‘ayriijtimoiy munosabatda bo‘lib, ularning qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik ko‘rsatgan.

Bunday qilmishi uchun unga 25 sentyabr kuni 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHMning 3 baravari (1 020 000 so‘m) va BHMning 7 baravari (2 380 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyalik amaldor O‘zbekistonga Ukraina taqdiri haqida eslatdi