
Foto: Instagram/faz3
Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum oʻzining Instagram sahifasida Navoiydagi lochin ovi fotosuratlarini e'lon qildi.
Navoiy shahridan 50 kilometr uzoqlikda Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli tuvaloq asrash maskani bor. Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida tashkil etilgan. Shahzoda Hamdan lochinlar bilan shu hududda tuvaloq ovlaydi.
Ma'lumot uchun, Hamdan ibn Muhammad Ol Maktum – Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Ol Maktumning oʻgʻli, Dubay amirligining merosxoʻr shahzodasi, 1982 yilda tugʻilgan. U juda faol hayot kechirishi bilan mashhur. Uning qiziqishlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Shahzoda parashyutdan sakrash, suv ostiga shoʻngʻish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport va sportning koʻplab boshqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan she'rlar ham yozadi.









Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar