18:33 / 16.11.2024
6

Kegeylida undiruvchining 84 mln. so‘mga yaqin ulushi undirib berildi

Kegeylida undiruvchining 84 mln. so‘mga yaqin ulushi undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining 24.10.2024-yildagi qaroriga asosan qarzdor T.J.dan undiruvchi A.L. foydasiga nikohda bo‘lgan davrda sotib olingan umumiy ko‘chmas mulkning teng yarmi, ya’ni 83 mln. 932 ming so‘mini undirish belgilangan.

Ushbu sud qarori Byuroning Kegeyli tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Jumladan, joriy yilning 14-noyabr kuni olib borilgan ijro harakatlari natijasida, qarzdor fuqarodan undirilishi lozim bo‘lgan 83 mln. 932 ming ulush naqd pul shaklida undirib berilib, sud qarori ijrosi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kegeylida undiruvchining 84 mln. so‘mga yaqin ulushi undirib berildi