Deputat Odiljon Tojiev: “Ramzan Qodirov Oʻzbekiston xalqidan uzr soʻrashi kerak”

2 daqiqa o'qish303
Deputat Odiljon Tojiev: “Ramzan Qodirov Oʻzbekiston xalqidan uzr soʻrashi kerak”
Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiev Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan fikrlarini bildirdi.

Deputat Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning Oʻzbekistonning ichki ishlariga aralashishi, shuningdek, oʻzbek davlat amaldorlariga nisbatan tahdid bildirishi yoki bosim oʻtkazishini mutlaqo qoralashini ma'lum qildi.

“Bunday harakatlar ikki doʻst davlat munosabatlariga salbiy ta'sir koʻrsatishi va har ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalarga zarar yetkazishi mumkin. Men Rossiya Bosh prokuraturasidan Ramzan Qodirovning oʻzbek mulozimlariga tahdidi yuzasidan holatga huquqiy baho berishini soʻrayman”, deb yozadi u.

Odiljon Tojiev Ramzan Qodirov oʻzining kechagi munosabati uchun Oʻzbekiston xalqidan ochiqdan ochiq uzr soʻrashi kerakligini ta'kidladi.

“Shu bilan birga, agar u doʻst boʻlsa, Oʻzbekiston Bosh prokuraturasiga qidiruvda boʻlgan Beslan Rasaev va Shamil Temirxanovni topishda amaliy yordam berishi va uni Oʻzbekistonga topshirishi lozim”, deya qoʻshimcha qiladi deputat.

Avvalroq Rasul Kusherbaev har bir chechen fuqarosini Oʻzbekistonga kirishda qat'iy tekshirish kerakligini taklif qilgandi.

Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd

26 oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura bergan ma'lumotga koʻra, fuqaro S.S. boshqaruvidagi Range Rover rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor koʻchasi boʻylab harakatlangan vaqtida ikki nafar noma'lum shaxs mashinaga oʻqotar quroldan bir necha marotaba oʻq uzib, noma'lum tomonga yashiringan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ma'lumot uchun, ushbu holatda jinoyat sodir etgan shaxslar 15 yildan 25 yilgacha boʻlgan muddatda ozodlikdan mahrum qilish orqali jazolanishi mumkin.

27 oktyabr kuni ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning biri aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi. 28 oktyabr kuni yana uch nafar gumonlanuvchi ushlandi. Noyabr oyida esa suiqasdda gumonlanib yana 5 kishi qamoqqa olingan.

Avvalroq Komil Allamjonov va Dmitriy Lini oʻldirish uchun yollangan shaxslar – Bislan Rasaev hamda Shamil Temirxanov qidiruvga berilgani xabar qilingandi. Bosh prokuratura mazkur holat boʻyicha qoʻshimcha ma'lumot berdi.

Komil Allamjonov 2024 yil 30 sentyabrda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimini tark etgan edi. U faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma'lum qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?