
Andijon viloyatida 5 kishi spirtlik ichimlikdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 22–26 dekabr kunlari viloyatida 22 kishi Oʻzbekiston aktsiz markasi yopishtirilgan «Oʻzbekiston» nomli konyak iste'mol qilgani oqibatida shifoxonaga oʻtkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.
Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Mazkur jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar