Farg‘onada bir hafta ichida ikki oilaning 12 a’zosi is gazidan vafot etdi

Farg‘ona viloyatida bir hafta davomida ikki xonadonda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq fojiali hodisalar yuz berdi. Oqibatda jami 12 kishi, jumladan, voyaga yetmagan bolalar hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lum qilinishicha, 25 oktyabr kuni Farg‘ona tumanining Chimyon qishlog‘ida bir oilaning yetti nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgan. Oradan bir hafta o‘tib, 1 noyabr kuni Qo‘qon shahrida yana bir oilaning besh a’zosi shu sababli halok bo‘ldi. Qo‘qondagi hodisada vafot etganlarning uch nafari voyaga yetmagan qizaloqlar bo‘lgan.
Qo‘qon shahridagi fojia yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda xonadonga Germaniyada ishlab chiqarilgan «Vaillant» rusumli ikki konturli isitish qozoni o‘rnatilgani aniqlangan. Shuningdek, qurilmaning tutun chiqarish quvuri o‘z joyidan chiqib ketgani ma’lum bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xonadonida «Vaillant» rusumli isitish qozonidan foydalanayotgan fuqarolarni ushbu qurilmadan foydalanishni to‘xtatishga chaqirmoqda.































Izohlar 0
…