Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stantsiya oʻrnatildi

1 daqiqa o'qish529
Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stantsiya oʻrnatildi
Foto: Telegram / zaminfoundation
Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi uchta yangi avtomatik stantsiya ishga tushirildi. Ular Zamin jamgʻarmasi va Oʻzgidromet agentligining «Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish» qoʻshma loyihasi doirasida oʻrnatildi.

Jamgʻarma matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekistonda loyiha boshlanganidan buyon monitoring.meteo.uz milliy platformasining yagona ma'lumotlar bazasiga 19 ta avtomatik stantsiya ulangan.
Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stantsiya oʻrnatildi
Ushbu saytda ular binafsha rangda, uchta yangi esa toʻq yashil rangda belgilangan. Xususan, bittasi «Uch qahramon» posti hududida, ikkinchisi «Zenit» zavodi hududida va uchinchisi «Yangi Oʻzbekiston» bogʻi yonida oʻrnatildi.

Stantsiyalar shunchaki detektor yoki datchiklar emas, balki havo ifloslanishini monitoring qilish uchun toʻliq jihozlangan laboratoriyalar hisoblanadi.
Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stantsiya oʻrnatildi
Horiba (Yaponiya/Germaniya) ishlab chiqargan ushbu stantsiyalar etalon sifatida tan olingan boʻlib, ular Finlandiya meteorologik instituti kabi yetakchi tashkilotlar tomonidan oʻz oʻlchov uskunalarini sozlash uchun qoʻllaniladi.
Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stantsiya oʻrnatildi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?