Toshkentda ona tomonidan kaltaklangan 4 yoshli qizcha vafot etdi

1 daqiqa o'qish572
Toshkentda ona tomonidan kaltaklangan 4 yoshli qizcha vafot etdi
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida ona tomonidan kaltaklangan 4 yoshli qizaloq vafot etdi, deb xabar berdi "Gazeta.uz".

23-dekabr kuni Boʻstonliq tumanidagi tibbiyot birlashmasiga turli jarohatlari bilan yetkazilgan Y.M. ismli qizchani 47 yoshli onasi E.Y. tomonidan shafqatsiz kaltaklangani aniqlandi. Qizchaning bosh miyasi qattiq shikastlangan, yopiq bosh jarohatlari va boshqa ogʻir tan jarohatlari qayd etilgan.

27-dekabrda Chirchiq shahar IIB tomonidan ona ustidan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 7-qismi “b” bandi boʻyicha (Voyaga yetmaganlarga nisbatan uy sharoitida qasddan ogʻir tan jarohati yetkazish) jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Shifokorlarning ikki haftalik sa'y-harakatlariga qaramay, qizaloq 7-yanvar kuni vafot etdi. Natijada jinoyat ishini qayta malakalash rejalashtirilmoqda, deya ma'lum qildi bolalar ombudsmani matbuot xizmati. Ushbu oʻzgarish jinoyatga nisbatan qattiqroq jazo tayinlanishini koʻzda tutadi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil oktyabridan boshlab Oʻzbekistonda bolalarni uy zoʻravonligidan himoya qilish boʻyicha yangi qonunlar kuchga kirgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?