Toshkent shahar Chilonzor tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudida 7-yanvar kuni rais U. Qahhorov boshchiligida 22 yoshli Sh. Yunusovga nisbatan ma'muriy ish koʻrib chiqildi. U yangi yil oldidan poytaxtdagi barni reklama qilish uchun etti nafar qizni urish sahnasida qatnashgan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
25-dekabr kuni Escada Lounge Bar oʻzining Instagram sahifasida yangi yil shou dasturlarini reklama qiluvchi video e'lon qildi. Videoda yigit qator boʻlib turgan qizlarning oyoq va chanoq sohasiga zarba berib, «25, 26, 27, 28, 29, 30, 31-dekabr — har kuni» degan jumlalarni aytgan.
Mazkur holatdan xabar topgan toshkentlik Evgeniya M. videoni «Ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi va «Erkaklar va ayollar teng huquqlari va imkoniyatlari kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonunlarni buzishga sabab boʻlishi ehtimolini koʻrsatib, Chilonzor tuman ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilgan.
Sudda Sh. Yunusov aybini tan oldi va qizlar bilan oldindan tanish emasligini, bar ma'muriyatidan moddiy foyda olmaganini ta'kidladi. Shuningdek, sudya oldida oʻz qilmishidan pushaymon ekanini va bu holat takrorlanmasligini aytdi.
Sud qaroriga koʻra, Sh. Yunusovga mayda bezorilik uchun 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ma'lum qilinishicha, u maxsus qabulxonada saqlanish xarajatlaridan ozod qilingan.
Sud qarorida bar ma'muriyati haqida biron bir choralar koʻrilishi yoki Yunusovning bar xodimi ekanligi haqida ma'lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekistonda mashina oʻgʻirlanishi holatlari ortib bormoqda: haydovchilarga qanday choralar tavsiya etilmoqda?
2025 yilda Ai-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin
Kuniga 10 ming qadam yurganlarni ragʻbatlantirish taklif etilmoqda
Tungi barni reklama qilish uchun qizlarni ketiga urgan yigitga qanday chora koʻrildi?
Toshkentda ona tomonidan kaltaklangan 4 yoshli qizcha vafot etdi
Toʻrtkoʻlda aliment toʻlovchi otadan 7 000 AQSh dollari undirildi
Transport vazirligi: naqd pulda toʻlov qilgan yoʻlovchilar jarimaga tortilishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar asossiz
Dollar toʻla hamyonni onaxonga qaytargan serjant: “Egasini tuni bilan qidirdim”