Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Namangan viloyatining Chust tumanida yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holat aniqlandi.

Prokuratura xabariga koʻra, Namangan viloyati Chust tumanidagi «C.Sh.» MChJ rahbarlari M.S. va I.J.lar jamiyatga qarashli sutni qayta ishlash va quritish tsexida elektr energiyasini hisobini yurituvchi tok transformatorni qasddan uzib qoʻyishib, 2,1 mlrd. soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qilishgan.
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Holat boʻyicha M.S. va J.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar