15:11 / 13.01.2025
41

Rishton tumani hokimligi fuqaroga 439 million soʻm kompensatsiya toʻladi

Rishton tumani hokimligi fuqaroga 439 million soʻm kompensatsiya toʻladi
Rishton tumanida yashovchi T.Kuchkarovning er uchastkasi tuman hokimligi bilan tuzilgan kelishuv bitimiga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan. Ammo, er uchastkasidan ayrilgan fuqaro kompensatsiya pulini oʻz vaqtida undirib ololmagan.

Mazkur ish boʻyicha sudning ijro hujjatiga asosan tuman hokimligi hisobidan 439 million 793 ming soʻm undirish belgilangan.

Sud hujjatining ijrosini ta'minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Rishton tuman boʻlimi tomonidan tegishli tartibda ijro harakatlari olib borildi.

Natijada, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanib, tuman hokimligidan fuqaro T.Kuchkarov foydasiga 439 mln. 793 ming soʻm miqdorida kompensatsiya pullari undirib berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat