Jizzaxda oʻqituvchilar firibgarlik qurboni boʻlishdi

1 daqiqa o'qish3K
Jizzaxda oʻqituvchilar firibgarlik qurboni boʻlishdi
Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati ma'lumotiga koʻra, internet-firibgar qoʻlga olindi.

Bir necha umumta'lim maktablari oʻqituvchilari huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilib, firibgarlik qurboni boʻlganliklari haqida xabar berishdi. Jabrlanuvchilarga oʻqituvchilar uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish taklif qilingan. Tanlovda gʻoliblarga 30, 20 va 10 million soʻmlik pul mukofotlari va'da qilingan. Ushbu tanlov haqidagi ma'lumot maxsus yaratilgan Telegram-kanalda e'lon qilingan.

Jabrlanuvchilar tanlov shartlarini bajarib, dars jarayonlarini aks ettirgan videolarni firibgarga yuborishgan. Firibgar ular tanlovga mos kelishi haqida aytgan va qatnashish uchun toʻlov qilishni soʻragan. Shu tariqa, jabrlanuvchilardan biri firibgarga dastlab 2 million, soʻngra yana 2,3 million soʻm yuborgan. Firibgar ikkinchi toʻlovni olgach, oʻqituvchini televideniyeda chiqishiga yordam berishni va'da qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi shaxs aybdor ekanligi aniqlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?