00:23 / 22.01.2025
1 459

Rossiya mudofaa vaziri nega Oʻzbekistonga keldi?

Rossiya mudofaa vaziri nega Oʻzbekistonga keldi?
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousov rasmiy tashrif bilan Oʻzbekiston poytaxti Toshkentga keldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar tarqatdi.

Tashrif doirasida Andrey Belousov Oʻzbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov bilan uchrashib, muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda. Shuningdek, vazir mamlakatning harbiy-siyosiy rahbariyati bilan ham uchrashadi.

Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotiga koʻra, tashrif chogʻida Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlash boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi harbiy hamda harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida ham suhbat olib boriladi.

Ma'lumot uchun:
Andrey Belousov 2024 yil 14 may kuni Rossiya prezidenti tomonidan mudofaa vaziri etib tayinlangan. U 1959 yil 17 mart kuni tugʻilgan boʻlib, 1981 yilda Moskva davlat universitetining iqtisod fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Belousovning mehnat faoliyatida iqtisodiyot vaziri, prezident yordamchisi va bosh vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimlaridagi tajribasi bor.

Belousovning tashrifi davomida harbiy va texnik hamkorlik borasidagi aloqalar yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat