Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.
- U ilgari prokuratura, majburiy ijro, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar tizimlarida turli yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.
- Botir Qudratxo‘jayevning Mudofaa vazirligiga rahbar etib tayinlanishi harbiy tuzilmalarni isloh qilishda yangi bosqichni boshlab berishi hamda milliy armiya salohiyatini oshirishi kutilmoqda.
O‘zbekiston xavfsizlik va huquq-tartibot organlari tizimida ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, jamoatchilik orasida «Temir Botir» nomi bilan tanilgan Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.
Fuqarolik va harbiy prokuratura, majburiy ijro, favqulodda vaziyatlar hamda ichki ishlar tizimlarida eng yuqori pog‘onalarni bosib o‘tgan ushbu universal rahbarning Mudofaa vazirligiga kelishi harbiy tuzilmalarni isloh qilishda yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.
«Universal kadr»: Botir Qudratxo‘jayev bosib o‘tgan betakror xizmat yo‘li
Mudofaa sohasining yangi rahbari faoliyati davomida davlat apparatining eng murakkab va mas’uliyatli nuqtalarida benuqson tajriba to‘plagan:
Viloyatlar va poytaxt prokuraturasi rahbari: 2014–2016 yillarda Surxondaryo viloyati prokurori, 2016–2017 yillarda Toshkent shahar prokurori, 2020–2022 yillarda esa Xorazm viloyati prokurori sifatida qonun ustuvorligini ta’minlashga boshchilik qilgan;
MIB tizimining ilk drayveri: 2017–2020 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi yangi tashkil etilgan Majburiy ijro byurosi (MIB) direktori lavozimida xizmat qilgan;
Harbiy sohaga qadam: 2022–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – Harbiy prokuror sifatida qurolli kuchlar intizomi va tizimini ichkaridan chuqur o‘rgangan;
Vazirlik mas’uliyati: 2025–2026 yillarda Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan;
Tezkor-qidiruv bo‘g‘ini rahbari: 2026 yil 28 yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Barcha xavfsizlik tuzilmalarini boshqargan noyob rahbar
Fuqarolik va Harbiy prokuratura, MIB, FVV, IIV tizimlarining barchasida yuqori lavozimlarda ishlab, endilikda mamlakat Mudofaa vazirligiga rahbar etib tayinlanish milliy kadrlar tarixida kamdan-kam uchraydigan voqelikdir.
Qat’iyatli boshqaruv uslubi va murosasiz intizomi bilan ajralib turuvchi yangi vazirning mazkur lavozimga kelishi milliy armiya salohiyatini, tezkor boshqaruvni va qo‘shinlar jangovar shayligini yanada yuqori darajaga ko‘tarishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…