14:13 / 23.01.2025
1 358

Samarqandda soxta dollar bilan “Paynet” operatorini aldashdi

Samarqandda soxta dollar bilan “Paynet” operatorini aldashdi
Samarqandda ikki fuqaro “Paynet” operatorini aldab, unga soxta dollar bilan toʻlov qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Narpa tumanidagi “Mirbozor bozori” hududida joylashgan “Paynet” toʻlov qabul qilish punktiga kelgan ikki fuqaro boshqa bir fuqaroning plastik kartiga 5,6 million soʻm oʻtkazib berishni soʻragan. Toʻlov sifatida ular 500 AQSh dollari bergan, lekin ushbu pullar soxta ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “Soxta pul, aktsiz markalari yoki qimmatli qogʻozlar tayyorlash va tarqatish” moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat