Foto: Shutterstock
TasteAtlas gastronomik entsiklopediyasi dunyoning eng yomon 100 ta taomi reytingini e'lon qildi. Unda Shakarob (achchiq-chuchuk) salati 42-oʻrinda qayd etildi.
«Shakarob – oddiy salat, asli Oʻrta Osiyodan, ayniqsa Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda mashhur. Unda pomidor, piyoz, tuz, maydalangan qizil va qora qalampir mavjud. Pomidor va piyoz yupqa toʻgʻraladi, soʻngra ziravorlar sepiladi va salat tanovvul qilish uchun tayyor. U alohida kichik portsiyalarda yoki goʻsht bilan guruchga garnir sifatida dasturxonga tortilishi mumkin», deyiladi xabarda.
Eng yomon taomlar reytingida birinchi oʻrinni Shvetsiyaning «Blodplettar» qonli blinchiklari egalladi. U xamirga bugʻu qonini qoʻshish orqali tayyorlanadi.
Finlyandiyaning javdar uni va turli hayvonlarning qoni yordamida tayyorlanadigan «Blodpalt» taomi ikkinchi, gamburger va kartoshka bilan toʻldirilgan Shvetsiyaning «Kalskrov» pistsasi uchinchi oʻrinda qayd etildi.
TasteAtlas - butun dunyo boʻylab taomlar va mahsulotlar haqida ma'lumot toʻplaydigan gastronomik atlas. U koʻplab omillarni hisobga oladigan keng qamrovli ball tizimiga asoslanadi. TasteAtlas reytingining asosiy mezonlari: foydalanuvchilar ovozi, mutaxassislarning sharhi, qidiruv tizimlarida mashhurlik, pazandachilik merosi, ingrediyentlar tarkibi va boshqalar. Reyting muntazam ravishda yangilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar