Buxorolik ayol sobiq sevgilisini shantaj qilib, 30 ming dollar talab qildi

1 daqiqa o'qish4.6K
Buxorolik ayol sobiq sevgilisini shantaj qilib, 30 ming dollar talab qildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabariga koʻra, 24-yanvar kuni Peshku tumanida yashovchi 1991-yilda tugʻilgan ayol Vobkentlik erkakdan 30 ming dollar talab qilgani uchun qoʻlga olindi.

Aniqlanishicha, ayol 2019-yildan buyon erkak bilan romantik munosabatda boʻlib kelgan va u haqida intim fotosuratlarga ega boʻlgan. Shuningdek, u ushbu suratlarni uning yaqinlariga tarqatmaslik evaziga 30 ming dollar talab qilgan.

Ayol oldindan kelishilgan holda 10 ming dollar miqdoridagi avansni olayotganda, ichki ishlar organlari tomonidan qoʻlga olindi. Pulga maxsus kimyoviy moddalar surtilgan boʻlib, shantajchining aybi dalillar bilan tasdiqlangan.

Hozirda unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Tovlamachilik" moddasi 3-qismi boʻyicha jinoyat ishi ochilgan. Ayol 15 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?