
Foto: Bosh prokuratura
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Dilmurod Qosimov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Dilmurod Qosimov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes ombudsman) lavozimida ishlagan.
Shuningdek, u prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda ham faoliyat yuritgan. Xususan, 2017 yilgacha Dilmurod Qosimov Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar