10:44 / 16.03.2025
169

Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi qush bozorida 1000 dan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

Qayd etilishicha, tabiatdan noqonuniy ravishda tutilgan yovvoyi qushlar va hayvonlarning noqonuniy sotilishi holatlarini o‘rganish maqsadida Toshkent shahri prokuraturasi, IIB, Milliy gvardiya va Ekologiya boshqarmasi qo‘shma nazorat tadbiri o‘tkazgan.


Unda 1168 dona, xususan, 935 dona chumchuqsimonlar oilasiga, 33 dona maynasimonlar oilasiga, 200 dona to‘rg‘aysimonlar oilasiga va 3 dona qirg‘iysimonlar oilasiga mansub qush, shuningdek, 35 dona cho‘l toshbaqasi noqonuniy sotilayotgani aniqlangan.

Qushlar bozordagi sotuvchilardan daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan va o‘zlari uchun yashashga qulay muhitga qo‘yib yuborilgan.

Cho‘l toshbaqalari vaqtincha Toshkent hayvonot bog‘iga, 3 dona qirg‘iysimonlar oilasiga mansub qush esa vaqtincha Yovvoyi qushlarni himoya qilish jamiyatiga topshirilgan.

Ular tibbiy nazorat va parvarishdan so‘ng tabiatga qo‘yib yuboriladi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat