18:03 / 31.03.2025
993

Buxoroda bog‘chada bola elektr tokidan halok bo‘ldi

Buxoroda bog‘chada bola elektr tokidan halok bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Buxoro tumanidagi xususiy bog‘chalardan birida 1,5 yoshli bola tok urib vafot etgan, deb Uz24.uz xabar berdi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat nazoratga olinganini ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 28-mart kuni sodir bo‘lgan, marhum bola 2023-yilda tug‘ilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat