O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga ishga olinadi

1 daqiqa o'qish4.5K
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga ishga olinadi
Foto: dunyo.info
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi qurilish va baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya Edelweiss MCHJ bosh direktori Lyudmila Bezzubkina muzokara o‘tkazdi.

Lyudmila Bezzubkina kompaniya tomonidan bugungi kunga qadar qurilib foydalanishga topshirilgan 10 dan ortiq turar-joy va biznes markazlari hamda hozirgi kunda qurilish ishlari olib borilayotgan turar joy komplekslari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, kompaniyaning Kamchatka o‘lkasidagi baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik zavodi faoliyati tanishtirildi.

"Bugungi kunda bir nechta xorijiy davlatlarga baliq va dengiz mahsulotlarini eksport qilib kelyapmiz. Kompaniya O‘zbekistonga baliq va dengiz mahsulotlarini eksport qilgan holda mamlakatingizdan maishiy texnika, tekstil, gilam, meva-sabzavot, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlarni Primorsk o‘lkasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti. Ushbu yo‘nalishda o‘zbek hamkorlar bilan birgalikda ishlash ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi", dedi u.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, kompaniyaga tegishli baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodga O‘zbekiston fuqarolarini ishga qabul qilish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlashga tayyorligini va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuv so‘ngida kompaniya vakillarining mehnat migratsiyasi va iqtisodiy sohalardagi yangi loyihalarni kelishish uchun O‘zbekistonga biznes-missiyasini uyushtirishga kelishib olindi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?