
Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o’tgan davrida, Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida, qarzdorlarga tegishli 72 ta avtotransport vositalari topilib, jarima maydonchalariga joylashtirilgan.
Misol uchun, byuroning Guliston shahar bo’limi ish yurituvidagi, avtotransportni boshqarishda belgilangan tezlikni oshirganligi sababli qarzdor N.Karimovdan jami 4 mln. 575 ming so’m jarima undirish to’g’risidagi 8 ta ijro hujjati bo’yicha unga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina mazkur reyd davomida topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
O’rganish davomida qarzdorning bank foydasiga 85,9 mln. so’m kredit qarzi hamda sug’urta kompaniyasi foydasiga 77,5 mln. so’m qarzi borligi aniqlangan.
Mazkur avtomashinani auksion savdosiga chiqarish chorasi ko’rilmoqda.
Bu borada tadbirlari davom ettirilmoqda.
MIB Sirdaryo viloyat boshqarmasi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar