
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rtasida muzokaralar va muloqotlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning eng muhim masalalari muhokama qilinadi.
«Kommersant» nashrining xabar berishicha, Sergey Lavrov tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.
«Tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan suhbatlarda asosiy e’tibor hozirgi kunda dunyoda shakllangan murakkab geosiyosiy vaziyatda tashqi siyosiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratiladi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ikki davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida 2024 yil may oyida bo‘lib o‘tgan davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilinadi.
O‘zbekiston va Rossiya tashqi siyosiy munosabatlaridagi bu muhim tashrif ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar